Ilmiy-texnik markazidagi ilmiy tadqiqot ishlari
“Qishoq va suv xo‘jaligin energiya t’minoti” fakulteti 5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishi 2 kurs 202 guruh talabalariga 2020 yil 27 fevral kuni soat 8-30 da V-korpus 602-xonada “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi taklifiga ko‘ra “O‘zbekenergo” AJ “Ilmiy-texnik markazi” MChJ Ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari t.f.d., professor O.Ishnazarovning “Ilmiy-texnik markazidagi ilmiy tadqiqot ishlari” mavzusida muammoli ma’ruza o‘tdi.
O.Ishnazar talabalarga «O‘zbekenergo» AJ ilmiy-texnika markazi faoliyatining asosiy vazifalari va xozirgi faoliyati xaqida malumot berdi.
- elektr energetikani rivojlantirishning dolzarb ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan ishlanmalar va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
- elektr energetika sohasida istiqbolli mahalliy ishlanmalarni, shuningdek ilg‘or xorijiy texnologiyalar va uskunalarni aprobatsiya qilish, sinab ko‘rish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat ekanligini atib o‘tdi.
- respublikada elektr energetikani yanada barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va buning asosida elektr energetikani, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni jadal kengaytirish hisobiga o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturlarining loyihalarini tayyorlash;
- iste’molchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan nobudgarchiliklarni kamaytirish, elektr energiyani uzatish va taqsimlash texnologiyalarini takomillashtirish hisobiga iqtisodiyotda energiya samaradorligini oshirish va energiya sarfini qisqartirish holatini chuqur o‘rganish hamda shular yuzasidan yangi takliflar ishlab chiqish.
Markazda 5 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat olib bormaqda va har bir laboratoriyada O‘zbekistondagi energetikaning ro‘li va undagi muammolarni yechish bilan shug‘illanishdan iboratdir.
- “Elektr stansiyalari va tarmoqlari” ilmiy laboratoriyasi.
- “Energetikada elektromexanika va texnologik uskunalar” ilmiy laboratoriyasi
- “Energiya samaradorligi va energiya tejash” ilmiy laboratoriyasi.
- “Qayta tiklanadigan energiya manbalari” ilmiy laboratoriyasi
- “Energetikada axborot kommunikatsiya texnologiyalari” ilmiy laboratoriyalari faoliyati haqida
Professor O.Ishnazar tomonidan o‘tilgan muammoli ma’ruza qiziqarli va savol javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar mtaxassis tomonidan yetarlicha javoblar olishdi.
ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov